Yangiliklar

Qarshida fuqaroni oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Qarshida fuqaroni oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.N. fuqaro G.Q.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qarshi shahridagi “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” nodavlat oliy taʼlim muassasasiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.