Yangiliklar

Dollar kursi pasaydi

Dollar kursi pasaydi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 18,00 soʻmga pasayib, 26-fevraldan boshlab 12 490,00 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 64,50 soʻmga pasayib, jumadan 13 510,43 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,31 soʻmga pasayib, 26-fevraldan rublning rasmiy kursi 134,00 soʻmni tashkil etadi.