Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Surxondaryo viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Yoʻllarda bazi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq boʻladi.
Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, bazi joylarga qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 0-5° sovuq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!