Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda “Oʻzenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda “Mayning ferma” faoliyati bilan shugʻullanib kelib, oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida 10 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Sh. oʻz uyida 5 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!