Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga 134 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan.
Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
- Taʼlim – 65 065 nafar;
- Sanʼat va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
- Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 8 487 nafar;
- Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
- Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
- Xizmatlar – 2 971 nafar;
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!