Yangiliklar

“Tuberkulyoz – tamgʻa emas!” – USAID

“Tuberkulyoz – tamgʻa emas!” – USAID

28-29-fevral kunlari USAIDning “Tuberkulyozdan xoli Oʻzbekiston” loyihasi doirasida trening oʻtkazildi.

Mazkur seminar tuberkulyoz kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashishda OAV vakillarining oʻrni va roliga bagʻishlangan boʻlib, unda Fargʻona, Sirdaryo va Toshkent shahridan jurnalistlar ishtirok etishdi.

Treningda OAVlarda tuberkulyoz kasalligi va unga chalinganlik holatini yoritishning axloqiy, qonuniy tomonlari, kasallikka qarshi kurashda targʻibot choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek loyiha davomida kasallikning oldini olish borasida OAV va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi.