YUNESKOning Oʻzbekistondagi boʻlinmasi rahbari Sara Noshadi Buxoro markazida amalga oshirilayotgan buzish va qurilish ishlari boʻyicha bayonot berdi.
U tashkilot Buxorodagi Butunjahon madaniy merosi obyektlarining saqlanishi holati borasidagi jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan xavotirlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Butunjahon merosi markazi Oʻzbekiston hukumatiga bu masalada murojaat qilgan.
“Butunjahon merosi markazi mahalliy rasmiylarning Butunjahon merosi konvensiyasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishiga umid qiladi va Butunjahon merosi qoʻmitasi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan va baholashsiz hech qanday buzish/qurilish loyihalarini amalga oshirmaydi”, – deb yozadi Noshadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!