Yangiliklar

Qaysi hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

Qaysi hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?
Ilyustrativ foto

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-fevral holatiga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 14 199 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni:

  • Toshkent shahrida – 9 240 ta
  • Toshkent viloyatida – 1 597 ta
  • Samarqand viloyatida – 565 ta
  • Fargʻona viloyatida – 502 ta
  • Surxondaryo viloyatida – 348 ta
  • Buxoro viloyatida – 341 ta
  • Andijon viloyatida – 309 ta
  • Namangan viloyatida – 231 ta
  • Navoiy viloyatida – 218 ta
  • Sirdaryo viloyatida – 204 ta
  • Jizzax viloyatida – 178 ta
  • Qoraqalpogʻiston R. – 171 ta
  • Qashqadaryo viloyatida – 163 ta
  • Xorazm viloyatida – 132 ta