Kecha, 7-mart kuni futbol boʻyicha Italiya chempionati doirasida oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Kalyari” jamoasi oʻz maydonida “Salernitana” jamoasini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
51-daqiqada oʻzbekistonlik futbolchi hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirgan edi, soʻng raqib jamoasi ketma ket ikkita gol urib, hisobni qisqartirdi. 76-daqiqasiga kelib yana Eldor katta sahnaga chiqdi.
Ajoyib harakatlari evaziga gol urdi va jamoasining gʻalabasini taʼminladi. Yakuniy hisob – 4:2.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!