Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan 10-martdan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:
— Tepa masjidi Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar.
Bektemir tumani boʻyicha:
— Alibek masjidi M.Avezov koʻchasidan Xusayin Boyqaro koʻchasiga qadar.
Yashnobod tumani boʻyicha:
— Islom ota masjidi Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar.
— Ali ibn Abu Tolib masjidi Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar.
Mirobod tumani boʻyicha:
— Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor koʻchasiga qadar
— Quyliq ota masjidi TXAY – Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar.
Sergeli tumani boʻyicha:
— Maʼruf ota masjidi Choshtepa koʻchasidan Chosh tepa 1-tor koʻchasiga qadar.
— Noʻgʻayqoʻrgʻon masjidi Yangi Sergeli – Noʻgʻayqoʻrgʻon KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
— Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.
— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bogʻu boʻston chorraxasigacha.
— Rakat masjidi J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar.
Yangihayot tumani:
— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdargʻon mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani boʻyicha:
— Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani boʻyicha:
— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.
— Islomobod masjidi KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.
— Doʻstjonboy (Sulola) masjidi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor chorrahasidan Keles yoʻli – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani boʻyicha:
— Mirza Yusuf masjidi Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasiga qadar.
Uchtepa tumani boʻyicha:
— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa koʻchalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchasigacha.
Chilonzor tumani boʻyicha:
— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy koʻprigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.
— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan Soʻgalli ota koʻchasigacha.
— Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi Al-Xorazmiy koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasigacha.
Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!