8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishda hech qanday cheklovlar qoʻllanilmayapti. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi.
10-mart kuni elektr stansiyalar orqali 238,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 4 foiz koʻp elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 48,2 mln kubometr tabiiy gaz, 16,8 ming tonna koʻmir hamda 4 ming tonna mazut yoqildi.
Turkmaniston Respublikasidan 15,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.
Respublika isteʼmolchilariga 223,4 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 8 foiz koʻp elektr energiyasi, 145,6 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 9 foiz koʻp tabiiy gaz yetkazib berildi.
Kecha mamlakatimizdagi 1 ming 325 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 415 ming kubometr tabiiy gaz sotildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!