Musulmonlarning muqaddas oyi bo’lgan MohiRamazonda voyaga yetgan barcha kishi kun davomidaro’za tutishadi. Quyosh chiqqandan to botgunga qadar hech narsa tanovvul qilishmaydi, biroq iftorlik vaqtida me’yoridan ko’p yoki kuchli kaloriyali taomlar bilan ovqatlanish holatlari kuzatiladi. Natijada bu ortiqchavazn, qon bosimi yoki boshqa mayda kasalliklarga ham sabab bo’ladi. Ba’zi insonlarda esa qon miqdoriningkamayishi, organizmda suvsizlik va holsizlikmuammolari ham uchraydi.
Mana shu kabi holatlarni bartaraf etishi uchun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’zining maxsus tavsiyanomasi ishlab chiqdi. Shuningdek, ro’za tutishning foydali tomonlari haqida ham ma’lumotlar e’lon qildi.
Qayd qilingan maslahatlarga amal qilib, kishi ortiqchavazndan xalos bo’lishi, qon bosimi hamda xolesterinmiqdorining pasayishiga erishishi mumkin. Shuningdek, Ramazon oyida va undan keyin ham o’zini o‘zi tarbiylash, nafsini boshqarish, insonlargasaxovat qilishga ahamiyat berish keraligi ta’kidlab o’tilgan.
Ramazonda sog’lom ovqatlanish qoidalari:
Kun davomida suvsizlik natijasida organizmdacharchash, issiq haroratda esa terlash holatlarikuzatiladi. Shu sababli yo’qotilgan suv miqdoriningo’rnini qoplash uchun iftorlikdan saharlik vaqtigaqadar suv ichish miqdorini (kamida 10 stakan) oshiring.
Bundan tashqari, imkon qadar suyuq ovqatlar vasuvli mevalar iste’mol qiling. Pomidor, bodring vako’katli salatlar yeyishni kanda qilmang. Qahva, choy va boshqa gazli yoki kofeinli ichimliklardanimkon qadar saqlaning, chunki ular kun davomidako’proq suvsizlikka uchrashingizga sabab bo’lishimumkin. Shuni unutmangki, shakar qo’shilgan gazliichimliklar sizga ortiqcha kaloriya qo’shadi.
Har doim saharlik qilib, ro’za tutish muhimahamiyatga ega, ayniqsa yoshi kattalar, o’smirlar, homilador va emizikli farzandi bor onalar bungae’tiborli bo’lishlari kerak.
Har kuni og’iz yopishdan oldin yengil taomlaryeyish tavsiya qilinadi. Masalan, yengil nonushta o’zichiga sabzavotlar, tarkibida uglevod bo’lgan donlinonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsizpishloq, suzma, sut) va tuxum kabi oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilish mumkin.
Saharlik taomnomasi:
Iftorlik paytida sog’lom va me’yorida ovqatlanib, quvvatingizni to’ldirib oling. Ro’zani xurmo yoki suvbilan ochish iftorlikni boshlashni an’anaviy va engto’g’ri usuli hisoblanadi.
Tabiiy vitaminlar va ozuqaviy moddalar miqdorinita’minlash maqsadida ko’p miqdorda sabzavotlariste’mol qiling. Shuningdek, organizmni quvvat vaklechatka bilan boyitadigan butun donlimahsulotlardan taomnomangizga qo’shing.
Pechda yoki grillda pishirilgan yog’siz go’sht, terisiztovuq va baliq tanovul qilish orqali tanangizni sog’lomoqsilllar bilan boyitishingiz mumkin. Umumanolganda, shakar va o’ta yog’li, qovurilgan hamda qaytaishlangan mahsulotlardan qochishga harakat qiling. Sekinlik bilan taomlanish sizga me’yoridaovqatlanishga yordam beradi.
Shuningdek, iftorlikdan keyin ko’p shirinlik iste’molqilmang, chunki ularning tarkibida katta miqdordashakar siropi bo’lib, sog’ligingizga ta’sir qilishimumkin. Uning o’rniga olma, anor, behi va uzum kabimevalar yeyishingizning maqsadga muvofiq.
Iftorlik taomnomasi:
Uyda tayyorlangan sho’rva;
Ko’katli salat yoki boshqa turdagi sabzavotli salatlar;
Farshli sabzavotlar (qovoq, baqlajon, tok bargi) ;
Qaynatilgan tovuq;
Ko’p suv ichishni unutmang. Unga limon bo’laklari vayalpiz barglari qo’shish ajoyib ta’m beradi.
Umuman olganda, Ramazon oyida sog’lom va tog’riovqatlanish organizmning tozalanishiga, yana sog’lombo’lishga yordam beradi. Shuning uchun ham quyidagitavsiyalarga amal qilsangiz doimiy energiyaga to’libyurasiz.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!