Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Fargʻona shahrida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.A., S.N. va X.U. fuqaro Sh.K.ga 6 800 AQSH dollarini 85 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 8 328 AQSH dollari, 68 520 Rossiya rubli, 4 000 Qirgʻiz somi, 15 Yevro va 64 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!