Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning sharqiy frontdagi hujumi to‘xtatilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 11-mart kuni “Le Monde” nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkani vayron qilib, Ukraina hududlarini egallashga muvaffaq bo‘lganini, biroq endi ular ko‘p sonli samolyotlarini yo‘qotgani uchun oldinga siljiy olmasligini ta’kidladi.
«Artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa, uzoq masofaga uchuvchi qurollarning yetishmasligi va Rossiya dronlarining zichligi tufayli qiyinchiliklarga duch keldik. Biz Rossiya aviatsiyasiga qarshi yaxshi ishladik, sharqdagi vaziyatni tikladik va Rossiyaning hujumi to‘xtatildi», deydi u.
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hujumini butunlay to‘xtata olishiga ishonasizmi, degan savolga javob berar ekan, Ukraina davlati rahbari bu masalada realist bo‘lish zarurligini ta’kidladi.
“Bu urush davom etayotganida, biz bunga ishonch hosil qila olmaymiz. G‘alaba qozonganimizda, ishonchimiz komil bo‘ladi. Nega men pozitiv emasman? Chunki ertaga, bir hafta yoki bir oy ichida ruslar biz ularda yo‘q deb ishonadigan yana million o‘q-dorini olishi mumkin”, deydi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari 1000 km dan ortiq hududda uchta istehkom chizig‘ini mustahkamlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!