Yangiliklar

Qashqadaryoda ishga va oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Qashqadaryoda ishga va oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Oʻ. fuqaro Ya.E.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.E. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.