Jahon

Qirg‘iziston ta’lim modelini yangilaydi

Qirg‘iziston ta’lim modelini yangilaydi

Qirg‘izistonda maktab umumiy ta’lim tizimini 12 yillik ta’lim modeliga bosqichma-bosqich o‘tkazish boshlandi. Bu haqda “Kabar” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jahon hamjamiyatida qabul qilingan taʼlim yoʻnalishlarini va taʼlim sohasidagi oʻzgarishlarni joriy etish orqali oʻquvchilarning funksional savodxonligi va malakasini oshirish maqsadida tegishli buyruq qabul qilingan.

Shuningdek, mazkur qaror maktab umumiy taʼlim tizimini 12 yillik taʼlim modeliga bosqichma-bosqich oʻtishni va taʼlim mazmunini zamonaviy taʼlim tendensiyalariga muvofiq yangilashni, aholining iqtisodiy farovonligi uchun raqobatbardosh inson kapitalini rivojlantirishni taʼminlaydi.

“12 yillik taʼlimga oʻtish davrida 5-6 yoshli bolalarning 100 foizi majburiy maktab taʼlimi bilan qamrab olinadi. Ayni paytda umumta’lim maktablarida maktabgacha tayyorgarlik bo‘yicha 4 ming 48 dan ortiq o‘quv xonalari tashkil etilib, ular bolalarning yosh xususiyatlariga mos o‘quv mebellari va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan”, deyiladi xabarda