21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Bunga 21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish hamda Soliq qoʻmitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish sabab boʻladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar va savollar boʻyicha “1008” va “1148” raqamiga murojaat qilish mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!