20-31-mart kunlari Navroʻz bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar joriy qilinmoqda.
Asosiy maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab oʻquvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz boʻylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
“Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!