O‘zbekiston

Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga muntazam reyslarni ochdi

Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga muntazam reyslarni ochdi

Kecha, 21-mart kuni Air Samarkand aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini Sharq marvaridi Samarqand shahridan Istanbulga amalga oshirdi. Bu haqda Turizm qo’mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Air Samarkand aviakompaniyasi aviareysining ishga tushirilishi Samarqand va qo‘shni viloyatlar aholisiga turli yo‘nalishlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sayohat qilish, mehmonlarga esa oraliq manzillarni chetlab o‘tib, Samarqandga tashrif buyurish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida mintaqaning sayyohlik salohiyatini kengaytiradi va savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Birinchi bosqichda reyslar haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Kelgusida muntazam reyslar Tbilisi, Dubay, Jidda va Turkiyaning bir qator shaharlariga amalga oo‘irilishi rejalashtirilmoqda.

Aytish joizki, Istanbul Samarqanddan muhim va serqatnov yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning yirik shahrini O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik madaniy, tadbirkorlik va sayyohlik aloqalari bog‘lab turadi.