Hodisa

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida sezilgan

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida sezilgan

Tojikistonda bugun, 22-mart kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 08:47 da qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,4 ball, chuqurligi esa 15 kilometr bo‘lgan.

O‘zbekistonning ayrim  hududlarida uning kuchi sezilgan. Ular:

Farg‘ona viloyatida – 3 ball,
Andijon viloyatida – 2-3 ball,
Namangan viloyatida – 2-3 ball,
Sirdaryo viloyatida – 2 ball,
Toshkent shahrida – 2 ball holatida kuzatilgan.