Aniqlanishicha, Chilonzor tumani Taxtagul—KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahada soat 00:10 larda BMW, Matiz, Kia va Malibu-2 avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
BMW avtomashinasi harakat davomida Matiz orqa qismiga borib urilib, so‘ng KXAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Kia avtomashinasi chap tomoniga urilgan. Buning zarbidan Kia avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu-2 bilan to‘qnashgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu kuni soat 21:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida 6 ta avtomashina — Matiz, Lacetti, Epica, Lacetti, Nexia-3, Nexia-2 oldinma-ketin bir-biriga urilgan. Biroq, yo‘l transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan.