Jahon

Kataloniya Oliy sudi Nazarboyevlar oilasiga Can Juncadella orqali o‘tadigan yo’lni ochishni buyurdi

Kataloniya Oliy sudi Nazarboyevlar oilasiga Can Juncadella orqali o‘tadigan yo’lni ochishni buyurdi

Kataloniya Oliy sudi Nazarboyevlar oilasiga Can Juncadella orqali o‘tadigan jamoat yo‘lini ochishni buyurdi.

2023-yil sentyabr oyida Nazarboyevlar oilasi Ispaniyada yutqazgani haqida mahalliy nashrlar xabar bergan.

Sud qaroriga ko’ra, Qozog‘iston sobiq prezidenti oilasining mulki hududidan o‘tuvchi kuzatuv yo‘lagini jamoat foydalanishi uchun ochish kerak.

O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida yo‘lni davlat mulkiga qaytarish uchun kurashib kelayotgan ekologiya faollari g‘alaba qozongach, shahar hokimiyati sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kirishgan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Can Juncadella mulki Kosta-Bravada joylashgan Lorette de Mar kichik kurort shaharchasida joylashgan. Nazarboyevlar oilasi 2007-yildan buyon mazkur mulkka egalik qiladi.

Villa Can Juncadella-ning umumiy maydoni 3200 kvadrat metr, mulkning o’zi esa 18 gektarni egallaydi. Asosiy uyda 13 ta yotoq xonasi, kamida 19 ta hammom, kamida bitta suzish havzasi, saunalar va tungi klub mavjud.

Nazarboyevning 3200 kvadrat metrlik hashamatli saroyi O‘rta yer dengiziga qaragan tabiiy maydonda qurilgan.