Jamiyat

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar yonida maxsus kameralar oʻrnatiladi

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar yonida maxsus kameralar oʻrnatiladi

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o’rnatiladi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.