O‘zbekiston

Hindiston elchisi O’zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Hindiston elchisi O’zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston elchisi Manish Prabxatni qabul qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

«Hindistonning mamlakatimizdagi Elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayotgan Manish Prabxat janoblari bilan uchrashdik.  Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O’zbekiston va Hindiston o’rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida.

Eslatib o’tamiz, Manish Prabxat 2020-yil 16-oktyabrda o’zining ishonch yorliqlarini O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga topshirgan edi.