Bugun, 30-mart kuni Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil harbiy ob’ektlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda «Al Jazeera» telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroilning Xirbet Maar va Raheb harbiy ob’ektlariga ikkita hujum uyushtirilgan. Harakat SAXAL pozitsiyalariga zarba berishda raketalar, artilleriya snaryadlari va drondan foydalangan. Oqibatda harbiy muassasalarga shikast yetib, Isroil tomonida ham yo‘qotishlar bo‘lgani aytilmoqda.
«Hizbulloh» bayonotida aytilishicha, jangchilar sharqiy yo‘nalishda oltita, g‘arbiy yo‘nalishda to‘rtta hujum uyushtirgan.
Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida G‘azo urushi boshlanganidan beri bir necha bor to‘qnashuv yuz bergan. Tomonlar bir-biriga nisbatan asosan havo hujumlari tashkil etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!