Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida 28-mart kuni soat 10:40 larda Cobalt avtomobili yuk mashinasi bilan toʻqnashdi.
25 yoshli Cobalt haydovchisi Buxoro-Nukus yoʻnalishida harakatlanayotib boshqaruv paytida uxlab qolgan. Soʻng oʻzidan oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi hodisa joyida halok boʻlgan. Mashina salonida boʻlgan 31 va 22 yoshli fuqarolar tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan Tuproqqalʼa IIB tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!