Kecha, 31-mart kuni soat 22:25 iar atrofida Chilonzor tumanida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo’ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani Seul ko’chasida 2002-yilda tug’ilgan haydovchi M.G. boshqaruvida bo’lgan Cobalt rusumli avtomashina,
1994-yilda tug’ilgan haydovchi M.P. boshqaruvida bo’lgan Nexia 3 rusumli avtomashina hamda 1982-yilda tug’ilgan D.B. boshqaruvida bo’lgan Cobalt rusumli avtomashinalari ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.
YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashinasi haydovchisi M.G. va Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi M.P.lar tan jarohat olgani sababli shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!