Jamiyat

QQB DAN BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKIGA: NIMALAR O’ZGARDI?

QQB DAN BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKIGA: NIMALAR O’ZGARDI?

1-aprel kuni AOKAning majlislar zalida «Biznesni rivojlantirish banki” АTB rahbariyati ishtirokida 2023-yildagi faoliyat muhokamadan o’tdi.

Ma’lumki, «Oʼzbekiston Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qabul qilgan qaror yuzasidan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etildi. Uning faoliyat yoʼnalishi kichik biznes subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar koʼrsatishga moʼljallandi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, bank huzurida xalqaro moliya institutlarining mablagʼlari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali istiqbolli kichik biznes loyihalarini amalga oshiradigan “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʼarmasi” ham tashkil etilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik subyektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirishga koʼmaklashish, ularga konsalting xizmatlarini koʼrsatishga masʼul boʼlgan 14 ta “Kichik biznesga koʼmaklashish markazlari” faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.