Zelenskiy safarbarlik uchun chaqiruv yoshini pasaytirdi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimchalar to‘plamini imzoladi. Unga ko‘ra, shaxsning safarbarlik yoshi 27 yoshdan 25 yoshga tushirildi. Bu haqda Oliy Rada ma’lumotiga tayanib, RBK nashri xabar berdi.
Endilikda harbiy holat davrida 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tamagan erkaklarni safarbar qilish mumkin emas.
Qonun Ukraina parlamenti tomonidan 2023-yil 30-mayda qabul qilingan, biroq Zelenskiy uzoq vaqt davomida uni imzolamagan.
Zelenskiy, shuningdek, Rada hujjatlaridan kelib chiqqan holda, chaqiriluvchilar uchun elektron hisob yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!