Jamiyat

Ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi

Ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktablarda darslarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda 1-aprel kuni Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

  • chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;
  • matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
  • Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

  • Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
  • Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talab qilinadi.