Yangiliklar

Sergeli tumani sudyasi pora olishda gumonlanib ushlandi

Sergeli tumani sudyasi pora olishda gumonlanib ushlandi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishida Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.