O‘zbekiston
Jahon
Iqtisod
Madaniyat
Ilm-fan
Sport
Tahlil
  • Ўз
  • O'z
  • Ру
  • Eng
O‘zbekiston
Jahon
Iqtisod
Madaniyat
Ilm-fan
Sport
Tahlil
Telegram kanal
10:11 | 4.4.24 Jinoyat
O'qilgan: 4 794

Korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxs Andijon shahrida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning moliyaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida, MCHJga qarashli dorixonalar tomonidan dori vositalarini belgilangan referent narxlardan qimmat narxlarda sotish orqali isteʼmolchilardan 2,1 mlrd. so‘m ortiqcha pul olinganligi holati aniqlangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani bekor qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur mansabdor shaxs 22,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 7,5 ming AQSH dollari olganligi ham maʼlum bo‘ldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, arxitektor “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Andijon viloyati filiali direktori lavozimida ishlovchi o‘zining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon shahridagi 2 ta manzilda ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishiga oid qurilish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilishgan.

Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktorining o‘rinbosarini Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!

Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
13:34 | 13.12.25

Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Pxenyanda Putin uchun maxsus qarorgoh barpo etilayotgani taxmin qilinmoqda
21:10 | 10.12.25

Pxenyanda Putin uchun maxsus qarorgoh barpo etilayotgani taxmin qilinmoqda

HAMAS: Isroil G‘azoda qoidabuzarliklarni davom ettirar ekan, sulhning keyingi bosqichi boshlanmaydi
20:07 | 10.12.25

HAMAS: Isroil G‘azoda qoidabuzarliklarni davom ettirar ekan, sulhning keyingi bosqichi boshlanmaydi

Zelenskiy Ukraina prezidentlik saylovini o‘tkazish shartlarini e’lon qildi
19:05 | 10.12.25

Zelenskiy Ukraina prezidentlik saylovini o‘tkazish shartlarini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev FIA prezidentiga “Do‘stlik” ordenini topshirdi
18:49 | 10.12.25

Shavkat Mirziyoyev FIA prezidentiga “Do‘stlik” ordenini topshirdi

Tramp ma’muriyati 2025-yilda 85 mingdan ortiq vizani bekor qildi
17:56 | 10.12.25

Tramp ma’muriyati 2025-yilda 85 mingdan ortiq vizani bekor qildi

So‘nggi yangiliklar

16:54 | 10.12.25

Karim Bahriyev: “Islom Karimov bir paytlar meni Gulnora Karimovaga uylantirmoqchi bo‘lgan”

15:50 | 10.12.25

Germaniyada sovet davri arboblari nomidagi ko‘chalarni o‘zgartirish masalasi kun tartibida

DEMOKRAT.UZ

Veb-sayt OAV sifatida 2022-yil 01-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan 041243 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

Loyiha haqida Jamoa Reklama Aloqa

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda o‘qing

«DEMOKRAT.UZ» saytidagi materiallardan nusxa ko‘chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

2024