O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan YTH oqibatida xalok bo‘lganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 4-aprel kuni soat 10:25 da Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi.
Eslatib o’tamiz, kecha, 3-aprel kuni Qozogʻistonda sodir bo’lgan yoʻl-transport hodisasida 8 nafar O’zbekiston fuqarolari halok bo’lgan.
Prezident topshirig’i bo’yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, halok bo’lganlarni vatanga olib kelish va dafn etish uchun kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!