Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” MCHJ rahbari J.J. Shovot tumani hududidagi 3 gektar yer maydonida zamonaviy issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga xorijdan olib kelingan kompleks uskunalarning bir qismini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 2,6 mlrd soʻm kreditni oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan M.A. “Niholzor” MFYda issiqxona tashkil etish maqsadida ajratilgan 2 mlrd soʻm kredit evaziga issiqxonalarni qurmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi hamda 303,4 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!