Yangiliklar

Alisher Temirov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori v.b. etib tayinlandi

Alisher Temirov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori v.b. etib tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Uning oʻrniga Alisher Temirov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

A.Temirov 2009-yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Turli yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi raisi, Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi boʻlim boshligʻi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi  direktori oʻrinbosari, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori oʻrinbosari kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, A. Temirov rahbar kadrlarni tayyorlash dasturi doirasida Germaniya davlatida stajirovka oʻtagan. Uning bevosita ishtiroki bilan Oʻzbekiston Yevropa va AQSH farmokopeyalarida kuzatuvchi maqomini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini yaratishda ularning matnlarini nusxalashtirish va uygʻunlashtirish huquqini olgan.

U tayinlovga qadar, Sogʻliqni saqlash vazirligining Farmatsevtika sohasini tartibga solish va dori vositalari ehtiyojlarini aniqlash boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.