Isroilning Damashqda amalga oshirgan havo hujumi natijasida yetti nafar eronlik qo‘mondon halok bo‘lgani g‘ayrioddiy qattiq zarba bo‘ldi. Rasmiylar Eron bunga javob berishga qat’iy qaror qilgani, urush bo‘lishidan qo‘rqqanini aytmoqda. Bu haqda «The New York Times» xabar berdi.
Eron Isroildan yuqori martabali qo’mondonlar va boshqa zobitlarini o’ldirgani uchun qasos olishga va’da berdi. Ammo qanday qilib va qachon qasos olishi haqida ma’lumot bermadi.
AQShning Vashington va Yaqin Sharqdagi rasmiylari Iroilning Damashq shahrida uyushtirgan havo hujumi uchun Eronning ehtimoliy o’ch olishiga tayyorgarlik ko’rayotganini aytishdi. AQShning mintaqadagi harbiy kuchlari kuchaytirilgan shay holatga keltirildi.
Isroil rasmiysiga ko’ra, Isroil o’z harbiylarini ham yuqori shay holatga keltirgan, jangovar bo’linmalar uchun ta’tilni bekor qilgan, havo hujumidan mudofaa bo’linmalariga ba’zi rezervchilarni chaqirib olgan va GPS signallarini bloklagan.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni general Husayn Salamiy Damashqda halok bo‘lgan zobitlar dafn marosimida ishtirok etayotgan Tehrondagi olomonga:
“Mardlarimiz sionistik rejimni jazolaydi. Biz ogohlantiramizki, hech bir dushmanning muqaddas tuzumimizga qarshi harakatlari javobsiz qolmaydi va Eron xalqining san’ati imperiyalar kuchini sindirishdir», dedi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!