Jamiyat

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.