Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Qambarota GES-1 qurilish va ekspluatatsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etmoqchi. Tegishli uch tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi Qozog‘istonda “Ochiq huquqiy hujjatlar” saytida eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston tomonining loyihadagi ulushi va ustav kapitali 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekistonniki esa 33 foizni tashkil qiladi. Qurilish va loyihani amalga oshirish muddati tugagach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari to‘liq Qirg‘iziston mulkiga o‘tadi.
“Loyiha doirasida tomonlar hamkorligining asosiy tamoyillari Qambarota GES-1 da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatli xarid qilishdan iborat”, — deyiladi hujjatda.
2023-yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagandi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qambarota GES-1 qurilishi 5-6 milliard dollarga tushishini maʼlum qilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!