Jahon

Eronda armiya kuni munosabati bilan harbiy paradlar o‘tkazildi

Eronda armiya kuni munosabati bilan harbiy paradlar o‘tkazildi
Bugun, 17- aprel kuni Eron armiyasi kuni munosabati bilan mamlakatning yirik shaharlarida harbiylarning barcha bo‘g‘inlari vakillari ishtirokida harbiy paradlar o‘tkazildi.  Parad jarayoni haqida Press TV xabar berdi.

Paradning ochilish marosimida respublika Prezidenti Ibrohim Raisiy chiqish qildi. U o‘z nutqida Qurolli kuchlarni kasb bayrami bilan tabriklab, armiya “Vatan, hududiy yaxlitlik va Eron inqilobi qadriyatlarini himoya qilishda” muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hech kim “Eronga qarshi harakatlarning harbiy ssenariysini muhokama qilmayapti va bu uning armiyasining kuchi bilan bog‘liq”.

Tehrondan tashqari, Eron Qurolli kuchlarining paradlari respublikaning boshqa viloyat markazlarida, jumladan Mashhad, Isfaxon, Sheroz, Sanandaj, Birjand va Hamadonda ham bo‘lib o‘tdi.