Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yana bir yer osti yo‘li topildi. Bu haqda respublikaning O‘sh viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushbu tunnel orqali odamlar va kontrabanda tovarlari O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib o‘tilgan. Joriy yilning 5-aprel kuni viloyat IIB xodimlari Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Surishtiruvlar natijasida, u qo‘shni mamlakatga ushbu yashirin tunnel orqali o‘tganini oshkor qilgan.
Undan tashqari, 12-aprelga o‘tar kechasi Nooken tumanida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishni pul evaziga tashkil qilganlikda gumonlangan mahalliy aholi vakilini ham ushlagan.
«Qo‘lga olish chog‘ida gumonlanuvchidan maxsus belgili valyuta va tungi ko‘rish durbinlari musodara qilindi. Shuningdek, u uyida dastlabki qiymati qariyb 30 ming dollarga teng 87 quti narkotik moddani saqlayotgani aniqlandi», deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!