Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan Rossiya harbiylari soni 50 mingdan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, urushning ikkinchi yilida 27300 dan ortiq rus askari halok bo‘lgan. Ayniqsa, Kreml tomonidan «Go‘sht maydalagich» deb ataladigan oldingi chiziq ko‘plab rus askarlarini halok qilgan. Ularning ko‘pchiligi muddatli harbiy xizmatchilar bo‘lgan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya urushidagi qurbonlarning haqiqiy soni ushbu ko‘rsatkichdan ham ancha yuqori bo‘lishi mumkin. O‘limlar haqidagi statistikaga Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk va Lugansk respublikalaridagi raqamlar kiritilmagan.
Hisobotga ko‘ra, kamida 9000 rossiyalik mahbus janglarga jalb qilingan. Ayni paytda frontda jang qilayotgan mahbuslar soni aytilmagan.
Halok bo‘lgan 50 ming harbiy xizmatchi orasida Rossiya qurolli kuchlarining 3300 dan ortiq ofitserlari ham bo‘lgan. Ulardan 390 nafari podpolkovnik va undan yuqori unvonda bo‘lgan. Biroq, Rossiya tomoni bu haqdagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qilmaydi.
Ukraina ham jang maydonidagi qurbonlari haqida kamdan-kam izoh beradi. Joriy yilning fevral oyida Prezident Vladimir Zelenskiy 31 ming ukrainalik askarlar halok bo‘lganini aytgan, ammo AQSH razvedkasiga ko‘ra, yo‘qotishlar bundan ko‘proqni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!