Jahon

AQSH Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar kiritadi

AQSH Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar kiritadi

AQSH Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun Xitoy banklarigaa qarshi sanksiyalar kiritish ustida ishlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Vashington shu yo‘l bilan Pekinning Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatishga umid qilmoqda.

Amerika rasmiylariga ko‘ra, Pekin yordami Moskvaga o‘zining harbiy-sanoat salohiyatini tiklash imkonini berdi, chunki Xitoy Rossiya Federatsiyasiga elektron sxemalar, samolyotlar qismlari, avtomobillar va stanoklar yetkazib beruvchi asosiy davlatga aylandi. Banklar Rossiyaga tijorat eksportida asosiy vositachi bo‘lib xizmat qiladi, to‘lovlarni amalga oshiradi va mijoz kompaniyalarga savdo operatsiyalari uchun kredit beradi, deya tushuntiradi nashr.

Shuningdek, dollarga kirishni yo‘qotish tahdidi va Yevropa bilan savdo aloqalarining yomonlashishi xavfi Pekinni «yo‘nalishni o‘zgartirishga» majbur qilishini kutmoqda. Shu bilan birga, agar diplomatik usullar Pekinni Rossiyaga eksportini cheklashga ishontira olmasa, banklarga qarshi sanksiyalar qo‘llash “eskalatsiya varianti” bo‘ladi.