Iqtisod

O’zbekiston AQSh Savdo vakilligining qora ro’yxatidan chiqarildi

O’zbekiston AQSh Savdo vakilligining qora ro’yxatidan chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSH Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolayotgan edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolib kelayotgan edi.

Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, ular bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik», deyiladi xabarda.