Kecha, 26-aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda mamlakat fuqarolari Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o‘tishda duch kelgan qiyinchiliklar muhokama qilindi. Bu haqda Tojikiston TIV xabar berdi.
Ma’lim bo’lishicha, joriy yilning 25-aprel kuni “Asia Plus” nashri Qozog‘istonning Janubiy Ural viloyati va Rossiyaning Orenburg viloyati chegarasidagi “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punktida yuzlab Tojikiston fuqarolari bir necha kundan beri qolib ketgani haqida xabar bergan.
Chegarada navbatda turganlar jurnalistlarga video va audio xabarlar yo‘llab, 22-apreldan buyon Tojikiston davlat raqamlariga ega 180 ga yaqin avtomobil Rossiya Federatsiyasiga kiritilmagani uchun nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgani haqida xabar berishgan.
Ta’kidlash joizki, tojik muhojirlarini qabul qiluvchi asosiy davlatlardan biri bo‘lgan Rossiya Krokus’dagi teraktdan so‘ng ular ustidan nazoratni kuchaytirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!