Jahon

Tojikiston 25 davlat uchun vizasiz rejim joriy qildi

Tojikiston 25 davlat uchun vizasiz rejim joriy qildi

1-maydan boshlab 25 davlat fuqarolari Tojikistonga 30 kungacha muddat vizasiz kelishlari mumkin bo‘ldi. Yana 16 davlatning 55 yoshdan oshgan fuqarolari 14 kungacha vizasiz kirishga ruxsat oldi. 14 та davlat fuqarolari esa Tojikistonga vizalarni soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolari 1-maydan boshlab 30 kungacha bir tomonlama vizasiz Tojikistonga tashrif buyurishi mumkin bo’lgan 25 та davlat: Andorra, Bagama orollari, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Bolgariya, Kosta-Rika, Kipr, Irlandiya, Malta, Marshall orollari, Meksika, Mo‘g‘uliston, Chernogoriya, Ummon sultonligi, Ruminiya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Marino, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Solomon orollari, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Vatikan, Falastin (diplomatik va xizmat/maxsus pasportlar).

55 yoshdan oshgan fuqarolari Tojikistonga 14 kungacha vizasiz kirishlari mumkin bo’lgan 16 та davlat: Albaniya, Jazoir, Barbados, Vanuatu, Vyetnam, Dominika, Xitoy, Laos, Livan, Madagaskar, Marokash, Nikaragua, Panama, Shimoliy Makedoniya , Tunis, Fiji.

14 та davlat fuqarolari esa Tojikistonga vizalarni soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin bo‘ladi. Ro‘yxatga Iroq, Falastin, Suriya, Marshall orollari, Solomon orollari, Vanuatu, Sudan, Madagaskar, Falastin, Gaiti, Uganda, Ruanda, Nigeriya va Efiopiya kiradi.