Trinidad va Tobago Respublikasi Falastin davlatini tan olganini eʼlon qildi va shu bilan Falastinni tan olgan BMTning 141-davlatiga aylandi. Falastinni dunyoning 75%i tan oladi, ammo AQSH yuz yildan beri o‘z ozodligi va davlatchiligi uchun kurashib kelayotgan davlatni tan olmaydi.
Biz Trinidad va Tobago hukumatining Falastin davlatini tan olish to‘g‘risidagi eʼlonini olqishlaymiz va buni xalqimizning o‘z yeri va vataniga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasi deb hisoblaymiz, deyiladi HAMAS bayonotida.
Biz barcha mamlakatlarni xalqimizning o‘z yerlariga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashga va poytaxti Al-Quds bo‘lgan o‘z mustaqil davlatini yaratishga, ishg‘ol va uning rahbarlarini xalqimizga qilinayotgan genotsidni to‘xtatishga chaqiramiz.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy ham yana ikki davlat Barbados va Yamayka Falastinni tan olganini eʼlon qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!