8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud boʻladi.
Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzishingiz mumkin.
Avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, UzAuto Motors avtozavodi yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqarishni boshlaydi. Unda ekstererning qisman restaylingi mavjud boʻladi. Yangilangan avtomobillardagi oʻzgarishlar va kontraktatsiya vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!