Jahon

Moskvadagi G‘alaba paradida barcha Markaziy Osiyo davlatlarining prezidentlari ishtirok etadi

Moskvadagi G‘alaba paradida barcha Markaziy Osiyo davlatlarining prezidentlari ishtirok etadi

9-may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyoning barcha besh davlati prezidentlari ishtirok etadi: Qozog‘iston – Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston – Sadir Japarov, Tojikiston – Imomali Rahmon, Turkmaniston – Sardor Berdimuhamedov va O‘zbekiston – Shavkat Mirziyoyev. Hozirda ularning ishtiroki rasman tasdiqlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib.

Ushakovning soʻzlariga koʻra, paradning faxriy mehmonlari, shuningdek, Belarus — Aleksandr Lukashenko, Kuba — Migel Dias-Kanel, Laos — Tongloun Sisulit va Gvineya-Bisau — Tongloun Sisulit ham boʻladi.

Shu kuni, 9-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuba, Laos va Gvineya-Bisau rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Laos prezidenti Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashadi va Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi.

Eslatib oʻtamiz, Gʻalaba kuni arafasida, 8-may kuni Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOI) yubiley sammiti boʻlib oʻtadi.