Yangiliklar

Taʼlim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taʼlim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taʼlim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga oʻqishga qabul qilish jarayonlari boʻyicha quyidagilar taklif qilindi:

  • oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish bali 2 bosqichda oshirilib, sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yoʻnalishlar uchun – 56,7 ball);
  • davlat granti talabalar uchun taʼlim granti va ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.

Bunda:

  • taʼlim granti – talabalarga bir oʻquv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda oʻqishga kirish natijalari boʻyicha, 2-kursdan boshlab reyting koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabalarga ajratiladi;
  • ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun oʻqish davri uchun beriladi;
  • taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
  • sirtqi taʼlim shakli uchun kvotalarni kunduzgi taʼlim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi taʼlim shakli bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan taʼlim shakli joriy etish orqali tugatiladi.