Qayd etilishicha, paketga zirhli texnikalar uchun 700 million dollar, boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar va minomyotlar uchun 60 million dollar mablag‘ kirishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, ma’muriyat allaqachon bunday yetkazib berishni tasdiqlash jarayonini boshlagan.
O‘z navbatida, CNN telekanali AQSH Kongressidagi anonim manbalarga tayanib, Oq uy Isroilga qurol yetkazib berish bo‘yicha yangi kelishuvni tasdiqlash bo‘yicha uzoq jarayonni endigina boshlayotganini xabar qildi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat departamenti Vakillar palatasi va Senatning tegishli qo‘mitalari bilan muzokaralarni boshlagan, ammo Kongress bo‘lajak kelishuv haqida rasman xabardor qilinishi kerak bo‘lgan aniq muddat yo‘q. chunki Kongress rasman xabardor qilinganidan keyingina yangi paketni ma’qullashi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!